Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 aprel kungi yig‘ilishda bu topshiriq ijrosi uchun mas’ullarga 3 oy muddat belgiladi.
Shuningdek, pudrat korxonalariga chet eldan yiliga faqat bitta maxsus texnika olib kelish cheklovi bekor qilinadi. Bu haqdagi qaror loyihasi 1 hafta ichida kiritilishi kerak.
Prezident “Shaffof qurilish” reytingida quruvchilarga lizingga olingan texnikasi uchun ball berilmayotgani noto‘g‘ri ekanini aytdi. Bunday texnikalar hisobga olinsa, kamida 500 ta korxonaning reytingi 1-2 pog‘ona ko‘tarilib, 17 trillion so‘mlik bozorga kirish imkoni paydo bo‘ladi.
Qurilish vazirligiga lizingga olingan texnikalar elektron bazasini ishga tushirib, “Shaffof qurilish” tizimiga integratsiya qilish va ball berishni boshlash topshirildi.











