Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 9 apreldagi 160-son qarori bilan “Intellektual faoliyat bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan.

Mazkur nizom intellektual faoliyat sohasida tanlovlarni tashkil etish, o‘tkazish, ishtirokchilarni baholash hamda g‘oliblarni taqdirlash tartibini belgilaydi.

Tanlovlar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

– eng yaxshi ixtiro;
– eng yaxshi foydali model;
– eng yaxshi sanoat namunasi;
– eng yaxshi elektron hisoblash mashinasi uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi;
– eng yaxshi seleksiya yutug‘i.

Belgilanishicha, tanlovlar ikki bosqichda tashkil etiladi: dastlab hududiy bosqich, so‘ngra respublika miqyosidagi final bosqichi o‘tkaziladi.

Tashkilotchilar har yili 1 mayga qadar tanlov shartlari va baholash mezonlarini tasdiqlab, o‘z rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qiladi.

Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari BHMning 150 baravarigacha, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari esa mos ravishda 125 va 100 baravari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.