«Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, go‘sht mahsulotlari narxi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi yo‘nalishlarda davlat budjetidan vaqtinchalik subsidiyalar ajratilishi belgilandi:
- 2026 yil 1 apreldan 2026 yil 1 avgustga qadar tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda, ularni havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir kilogramm go‘sht uchun 0,8 AQSh dollaridan oshmagan miqdorda;
- 2026 yil 1 apreldan 2026 yil 31 dekabrga qadar xorijiy davlatlardan havo transporti orqali import qilingan nasldor qoramol qiymatining 10 foizi, biroq har bir bosh qoramol uchun 4 mln so‘mdan oshmagan miqdorda.
Mazkur qarorga muvofiq subsidiyalar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan moliyalashtiriladi.











