Prognozlarga ko‘ra, 2026 yilda jahon iqtisodiyoti hajmi 123,6 trillion dollarga yetadi. Eng yirik iqtisodiyot sifatida AQSh saqlanib qoladi — uning YaIM 31,8 trillion dollardan ortiq bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, birinchi beshlikka Xitoy, Germaniya, Hindiston va Yaponiya kiradi. Prognozga ko‘ra, ushbu beshta mamlakat jahon YaIMning 55 foizini tashkil qiladi.

Rossiya reytingda 9-o‘rinni egallab, uning YaIM taxminan 2,5 trillion dollar bo‘lishi kutilmoqda. Birinchi o‘nlikka shuningdek Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Kanada ham kirgan.

Yalpi ichki mahsulot (YaIM) — bu muayyan davrda mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy bozor qiymati hisoblanadi. U davlat iqtisodiyoti hajmini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.