“Dunyo” AA xabar berishicha, muzokaralar chog‘ida qishloq xo‘jaligini innovatsion va barqaror rivojlantirish, yerlar unumdorligini oshirish hamda suv resurslarini samarali boshqarish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar barqaror paxtachilik, chorvachilikni rivojlantirish, sho‘rlangan yerlarni tiklash va agroekologik tashabbuslarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratdi.
Uchrashuvda amaliy hamkorlik masalalariga urg‘u berilib, O‘zbekistonlik mutaxassislarning Monpeledagi CIRAD ilmiy bazasiga tashrifini tashkil etish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi qo‘shma tadqiqot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun, CIRAD Fransiyaning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tizimlarini barqaror rivojlantirishga ixtisoslashgan davlat ilmiy-tadqiqot tashkiloti bo‘lib, uning asosiy ilmiy markazi Monpele shahrida joylashgan.











