Ma’lum qilinishicha, Temur Malik ko‘chasida Sultoniya ko‘chasidan harakatlanganda, qarama-qarshi yo‘nalish orqali Mirzo Ulug‘bek ko‘chasiga chiqish mumkin.
Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab Sultoniya ko‘chasiga harakatlanishga ham ruxsat etilgan.
Har ikki yo‘nalishda transport vositalari uchun harakat tezligi 30 km/soat etib belgilangan. Haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish so‘raldi.
Avvalroq Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari kesishmasidagi tunnelning tirgak devori o‘pirilib tushishi ortidan ta’mirlash ishlari sababli ushbu ko‘chaning ma’lum qismida avtoulovlar harakati vaqtincha cheklangandi.











