13–14 mart kunlari respublika bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Ushbu tadbirlar doirasida barcha hududlardagi ko‘cha va maydonlar, mahalla, tuman va shaharlar chiqindilardan tozalanib, atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, daraxtlarni parvarish qilishga alohida e’tibor qaratiladi.

Bundan tashqari, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Men ham ko‘chat ekaman» aksiyasi o‘tkazilib, belgilangan hududlarda daraxt va buta ko‘chatlari ekiladi.