Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 apreldan Adliya vazirligi, Energetika vazirligi hamda Soliq qo‘mitasida Kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘limlari tashkil etiladi.
Shuningdek, 2026 yil 1 apreldan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan hamda budjet parametrlari doirasida zarur mablag‘lar kiberxavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Hujjatga muvofiq, Davlat xavfsizlik xizmati milliy axborot tizimlari va resurslarining zamonaviy kibertahdidlarga bardoshliligini oshirish maqsadida ulardagi kiberxavfsizlik kamchiliklarini aniqlash bo‘yicha mustaqil ekspertlar ishtirokida tanlovlar o‘tkazib boradi.
Mazkur tanlovlar Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadigan maxsus elektron platforma orqali tashkil etiladi.











