Navoiyda inson o‘limi bilan bog‘liq ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH 22 fevral kuni Konimex tumani hududida, “Navoiy–Zarafshon–Uchquduq” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Nexia haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan avtomobilni quvib o‘tishga uringan. Ammo bunga ulgurmasdan qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Nexia mashinasi tezligi ham belgilangan cheklovdan yuqori bo‘lgani aytilmoqda. YTH oqibatida 2 kishi voqea joyida, yana 2 kishi esa shifoxonada vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Navoiyda avtobus YTHga uchrab, 2 kishi halok bo‘lgandi.











