Aviakompaniyaning rasmiy xabariga ko‘ra, C6352 reysi 5 mart kuni (mahalliy vaqt bilan) quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi: Dubay 10:40 — Toshkent 16:10.
Qayd etilishicha, koll-markaz mutaxassislari yo‘lovchilar bilan bog‘lanib, zarur ma’lumotlarni taqdim etadi.
Barcha savollar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish mumkin. E-mail: [email protected]. Telefon: +998 55 518 88 88.
Centrum Air yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, yo‘lovchilarga tushunganlari uchun minnatdorlik bildirdi.











