Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida Onix avtomashinasining haydovchisi va 2 nafar yo‘lovchisi turli darajada tan jarohati olgan. Hodisa joyiga tez tibbiy yordam brigadasi chaqirilib, jabrlanganlarga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda hodisaning aniq sabablari, to‘qnashuvga olib kelgan holatlar, shuningdek, transport vositalarining texnik holati va harakat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv amalga oshirilmoqda.
Yo‘l harakati qatnashchilaridan tezlik me’yorlariga rioya qilish, masofani saqlash, tungi vaqtda ehtiyotkorlikni oshirish hamda harakat qoidalariga qat’iy amal qilish so‘raladi.











