Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududiy tijorat banki bank xizmatlari markazi sobiq shu’ba mudiri T.S. o‘ziga biriktirilgan bankomatlarga ajratilgan 262,5 mln so‘m mablag‘ni o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Shuningdek, mazkur markazning nazoratchi kassiri S.N. ham bankomatlarga ajratilgan mablag‘lardan 132,8 mln so‘mni o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.











