O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasiga ilmiy asoslangan holda, amaliy pilot loyiha ishlab chiqiladi. Bu – 2026 yilgi davlat dasturida ko‘rsatilgan.

Loyiha ustidagi ishlar 2026 yil 1 martdan boshlanadi.

Sun’iy yomg‘ir yog‘dirish uchun Fransiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni kabi xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganiladi.

Pilot tajribalar doirasida kamida 3–5 ta amaliy sinov o‘tkaziladi. Bu orqali yog‘ingarchilik o‘zgarishi tabiiy fonga nisbatan 10–20 foizga o‘sishi ta’minlanadi.

Vazifa ijrochilari – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi va Toshkent viloyati hokimligi.

Ma’lumot uchun, 2025 yil aprel oyida Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda ilk marta yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasi joriy etilganini xabar qilgandi. Xabarda aytilishicha, Navoiy viloyatining Konimex tumanida yog‘ingarchilikni sun’iy ravishda yuzaga keltiruvchi zamonaviy apparat olib kelingan bo‘lib, loyiha Qozog‘istonning “International Centre of Climate Change Technologies” (ICCT) kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.