«O‘zbekneftgaz»ga qarashli 5 ta quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi olindi, deb xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.
Qayd qilinishicha, Qoraqalpog‘istonda yangi, yuqori bosimli kon topilgan. Qashqadaryo viloyatida 3 ta, Buxoro viloyatida esa 1 ta quduqdan gaz oqimi olingan. Hozir tabiiy gazning debiti, tarkibi aniqlanmoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, quduqlarni qayta ta’mirlashda ham yaxshi natijalarga erishilmoqda. Jumladan, Ustyurt hududidagi vazifasini bajarib bo‘lgan Shimoliy Berdaq koni 7 son qudug‘i qayta ta’mirlanib, sanoat miqyosidagi gaz oqimi olingan.











