Xabar qilinishicha, Atagarayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan bo‘shatilgan.

Uning o‘rniga mayor Dovletgeldi Meredov Turkmaniston milliy xavfsizlik vaziri etib tayinlangan. U bungacha mamlakat prezidenti xavfsizlik xizmatini boshqargan.

Turkmaniston milliy xavfsizlik vazirligi mamlakatning xavfsizlik va razvedka uchun mas’ul bosh xavfsizlik organi hisoblanadi. Davlat xavfsizligini himoya qilish, terrorizmga qarshi kurashish hamda strategik sohalarni nazorat qilish vazirlik vazifalariga kiradi. Ushbu tuzilma Turkmaniston siyosati va kuch blokida muhim rol o‘ynaydi.

10 fevral kuni Sadir Japarov mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonini imzolagandi.

Shuningdek, uning o‘rinbosarlari – Daniel Risaliyev, Qurbonbek Avazov, Elizar Smanov hamda Xavfsizlik kengashi kotibi Rustam Mamasodiqov ham lavozimidan ozod etilgan.

Ulardan tashqari, Qirg‘iziston parlamenti spikeri, bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari ham iste’foga chiqqan.