Yangi tartib o‘rmon fondi yerlaridan samarali foydalanishni ta’minlash, investitsiyalarni jalb etish va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan. Yerlar ochiq va shaffof elektron savdolar orqali ajratilishi belgilangan.
Shuningdek, mazkur qonun bilan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari uchun litsenziya (ruxsatnoma)larning amal qilishini 10 kundan ortiq, biroq 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish mumkinligi nazarda tutildi. Ilgari litsenziyalarning amal qilishini 10 ish kunidan ko‘p muddatga to‘xtatish belgilangan edi.
Bundan tashqari, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ixtiyoriy tartibda BHMning kamida 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashi belgilandi. Ilgari ushbu miqdor BHMning 50 foizidan kam bo‘lmasligi kerak edi.











