4 fevral kuni prezident maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishar ekan, bog‘chalarda faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilarni oliy ma’lumotli qilish yuzasidan alohida topshiriq bergani ma’lum qilingan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaning intervyusida qayd etilishicha, mazkur jarayon “5+1” dual ta’lim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni tarbiyachilar besh kun o‘zlari ishlayotgan maktabgacha ta’lim muassasasida faoliyat yuritadi, bir kun esa pedagogika oliy ta’lim muassasasida o‘qitiladi.

Vazir ma’lumotiga ko‘ra, tarbiyachilar bakalavriat bosqichida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oladi.