Subsidiya mablag‘lari limonzor barpo etish ishlari to‘liq yakunlangandan so‘ng ajratiladi.
Buning uchun tuman ishchi komissiyasi tomonidan limonzorlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, tasdiqlangan hujjatlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga taqdim etiladi.
Hujjatlar taqdim etilganidan keyin subsidiya 1 oy muddatda ajratilishi belgilangan.
Ma’lumot uchun: huquqiy asos va tartib-taomillar Lex.uz bazasidagi me’yoriy hujjatda keltirilgan.











