Ma’lum qilinishicha, bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha bir qator hududlarda shamol kuchayishi mumkin. Xususan, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha yetishi mumkin.

Toshkent shahrida esa shamol tezligi 12–15 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Kuchli shamol vaqtlarida fuqarolardan ehtiyot choralariga amal qilish so‘raladi: daraxtlar va elektr simlari atrofida uzoq turmaslik, yengil konstruksiyali tomlar hamda reklama bannerlari yaqinida ehtiyot bo‘lish, avtotransport haydovchilariga esa yo‘lda tezlikni me’yorda saqlash tavsiya etiladi.