Mazkur imtiyoz ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sog‘lig‘ini tiklash va profilaktik davolanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Yo‘llanma asosida fuqarolar sog‘lomlashtirish kurslari, shifokor nazoratidagi davolash muolajalari hamda zarur tibbiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin.
Kimlar foydalanishi mumkin:
– mehnat migratsiyasiga ketgan fuqaroning O‘zbekistonda u bilan birga istiqomat qiluvchi ota-onasi yoki boshqa oila a’zolari;
– pensiya yoshiga yetgan shaxslar;
– I va II guruh nogironligi bo‘lgan oila a’zolari.
Yo‘llanmalar kasaba uyushmalari tizimi orqali belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Buning uchun tegishli hujjatlar taqdim etilishi talab etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot va ariza topshirish tartibi bo‘yicha fuqarolar hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlariga murojaat qilishi mumkin.











