Ma’lum qilinishicha, tashrif davomida davlat rahbari Qo‘riqlash boshqarmasi faoliyati, jamoat tartibini saqlash, obektlar xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishadi.

Shuningdek, prezident rahbarligida o‘tkaziladigan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish, aholi osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha namunaviy amaliyotni yaratish chora-tadbirlari muhokama qilinadi.