Vazirlar Mahkamasining «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish tizimini raqamlashtirish va takomillashtirishga qaratilgan 2026 yil 24 yanvardagi 27-son qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekistonda «Haj va Umra yagona portali» (www.haj-umra.gov.uz) ishga tushirildi. Endilikda muqaddas ziyoratga borish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ushbu portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilandi.
Yangi tartib quyidagi muddatlardan boshlab kuchga kiradi:
- 2026 yil 1 fevraldan — Haj tadbiriga;
- 2026 yil 1 maydan — Umra tadbiriga borish uchun portalda ro‘yxatdan o‘tish shart.
Shuningdek, ziyoratchilar haqidagi ma’lumotlar portalga kiritilmasdan turib, safarlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmasligi qayd etildi.











