Ma’lum qilinishicha, ular jabrlanuvchini avtomashinaga majburlab o‘tqazib, o‘zlarini go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari sifatida tanishtirgan. 

Shundan so‘ng, jinoiy guruh a’zolari tovlamachilik yo‘li bilan unga tegishli 100 ming AQSh dollari miqdoridagi kriptovalutalarni o‘zlashtirib olib, evaziga 160 ming qalbaki AQSh dollari bergan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida “soxta xodimlar” qo‘lga olinib, ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.