Ma’lum qilinishicha, qorni tozalash va harakat xavfsizligini ta’minlash ishlari shaharning 793 ta ko‘chasini qamrab olgan. Ishlar uzluksiz tartibda, kuchaytirilgan rejimda olib borilmoqda.

Xizmatlar, avvalo, avtomobil harakati gavjum bo‘ladigan yo‘nalishlar, jamoat transporti qatnovi faol ko‘chalar, yo‘l o‘tkazgichlar va chorrahalarda tozalash ishlarini jadallashtirgan. Qor qoplami va muzlamalarni bartaraf etish orqali yo‘ldagi xavf-xatarlarni kamaytirish, piyodalar va haydovchilar uchun xavfsiz harakat sharoitini ta’minlash asosiy vazifa etib belgilangan.

Shuningdek, ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lgan paytlarda holatdan kelib chiqib texnika va xodimlar sonini yo‘nalishlar bo‘yicha qayta taqsimlash, zarur nuqtalarda ishlarni tezkor kuchaytirish choralari ham ko‘rilmoqda.