Ijro hujjatlariga asosan qarzi mavjud bo‘lgan shaxslarga tegishli mobil telefonlarning bloklanishi haqidagi xabarlar feyk hisoblanadi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi ma’lum qildi.

«Avvalo, fuqarolarimiz ijro hujjatlari bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorliklar va xorijga chiqish uchun bo‘lgan taqiq bor yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni rasmiy sayt sahifalari yoki mobil telefon orqali bilishi mumkin. Buning uchun Majburiy ijro byurosining rasmiy mib.uz veb-sayti hamda mib.uz rasmiy Android yoki iOS mobil ilovalaridan foydalanishni tavsiya qilamiz. Asosiysi, yuzaga kelgan qarzdorlik hamda uni undirish bilan bog‘liq ijro harakatlari mobil yoki boshqa qurilmalarning ishlash jarayoniga ta’sir qilmaydi», deyiladi xabarda.