Prezident farmoni (PF–5-son, 19.01.2026 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, prezidentning 2021 yil 20 oktyabrdagi “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5262-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar uchun import bojxona boji 2027 yil 1 yanvarga qadar “nol” stavkada qo‘llanishi belgilandi.
Qayd etilishicha, ilgari mazkur xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar uchun import bojxona boji 2024 yil 1 yanvarga qadar “nol” stavkada qo‘llanishi belgilangan edi.










