Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston tomonidan 25,5 ming tonna olma eksport qilinib, eksport qiymati 13,2 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Ta’kidlanishicha, ushbu mahsulot 11 ta davlatga yetkazib berilgan.

Mazkur davrda O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar quyidagilar:

  • Qozog‘iston — 12,2 ming tonna;
  • Rossiya — 11,3 ming tonna;
  • Qirg‘iziston — 1,3 ming tonna;
  • Iroq — 204 tonna;
  • Turkmaniston — 167,4 tonna;
  • boshqa davlatlar — 283,5 tonna.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eksport hajmida Qozog‘iston va Rossiya asosiy ulushni tashkil etgan.