Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, repetitorlik xizmatlari narxlari dekabr oyida o‘rtacha 0,8 foizga oshgan. Yil yakunlari bo‘yicha esa mazkur xizmat turi narxlari 6,6 foizga qimmatlashgan.

Chet tillari kurslarida o‘qish xizmatlari bo‘yicha ham o‘sish kuzatilgan: dekabr oyi davomida narxlar 0,3 foizga ko‘tarilgan. Yil davomida esa chet tillari kurslari narxlarining o‘sishi 6,6 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim xizmatlari narxlari noyabr oyiga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa-da, yil hisobida 17 foiz o‘sgani ma’lum qilingan.