Mazkur hamkorlik doirasida Discover Network UZCARD infratuzilmasi bilan integratsiya qilinishi orqali O‘zbekiston bozoriga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Endilikda Discover Network va Diners Club International kartalari egalari mamlakat bo‘ylab keng POS-terminallar va bankomatlar tarmog‘ida xaridlarni amalga oshirishlari hamda naqd pul yechib olishlari mumkin bo‘ladi, bu esa xalqaro mehmonlar, moliyaviy institutlar va mahalliy biznes uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.
«Ushbu strategik qaror UZCARD’ning xalqaro hamkorlikka ochiqligini hamda global fintex ekotizimi doirasida milliy to‘lov tizimini izchil rivojlantirib borayotganini aks ettiradi», - dedi «UCMG» MChJ boshqaruv kompaniyasi Bosh direktori David Melikidze. «Biz mehmonlarimiz uchun to‘lovlarda qulaylik va soddalikni ta’minlash orqali mamlakat jozibadorligini oshirishni, shu bilan birga mahalliy bozor ishtirokchilarining manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilganmiz».
«Bunday hamkorliklar global to‘lov tarmog‘imizning asosiy modeli hisoblanadi», - dedi Discover® kompaniyasining xalqaro bozorlar bo‘yicha vitse-prezidenti Mett Sloun. «UZCARD o‘zining keng mahalliy qamrovi orqali mintaqadagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga kirish imkonini beradi. Ushbu kelishuv O‘zbekistonda muntazam xarajat qiladigan savdogarlar uchun ham, karta egalari uchun ham manfaatli bo‘ladi».
Discover Network bilan hamkorlik UZCARD to‘lov tizimining xalqaro maydondagi ishtirokini kengaytirishda va uning global moliyaviy xaritadagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi muhim bosqich hisoblanadi.
1. Umumiy karta soniga Discover Network, DCI va tarmoq birlashmalaridagi faol kartalar kiradi. Tarmoq ishtirokchilari taqdim etgan ma’lumotlarga asoslanib, RBR Data Services tomonidan 2024 yil holatiga ko‘ra e’lon qilingan.
2. Discover’ning 2024 yilgacha bo‘lgan ichki tranzaksiya ma’lumotlari.
Reklama huquqi asosida











