E’lon qilingan jadvalga ko‘ra, 2026 yil boshida Redmi 12C smartfonini qo‘llab-quvvatlash to‘xtatiladi.
Mart oyida Xiaomi 12 va Xiaomi 12 Pro EOL maqomini oladi. Ular uchun eng so‘nggi yangilanish HyperOS 3 bo‘ladi.
Redmi Note 12 5G smartfonini qo‘llab-quvvatlash ham xuddi shu davrda to‘xtatiladi, u HyperOS 2 tizimida qoladi. 2026 yil oktyabrida Xiaomi 12T va 12T Pro eng so‘nggi yangilanishlarni oladi.
EOL maqomini olgan qurilmalar ishlashda davom etadi, lekin yangi funksiyalarni olish imkoniyatini yo‘qotadi.











