Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tug‘ilishlar ota-onalarning yosh guruhlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:
Otasining yoshi:
- 25 yoshgacha — 74 946 nafar (11,3 foiz);
- 25–39 yoshdagilar — 542 512 nafar (81,6 foiz);
- 40 yosh va undan kattalar — 47 140 nafar (7,1 foiz).
Onasining yoshi:
- 25 yoshgacha — 269 823 nafar (40,6 foiz);
- 25–39 yoshdagilar — 385 424 nafar (58 foiz);
- 40 yosh va undan kattalar — 9 351 nafar (1,4 foiz).
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilishlarning katta qismi 25–39 yoshdagi onalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, 25 yoshgacha bo‘lgan onalar ulushi ham sezilarli — 40,6 foiz.










