Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sportni rivojlantirish, shuningdek “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi.

Shu bilan birga, ko‘p kvartirali uy-joylar va ijtimoiy soha muassasalarida energiya samaradorligini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlar ham qo‘shimcha moliyalashtiriladi.

Qonun doirasida, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari va xarajatlari ko‘rsatkichlariga o‘zgartishlar kiritilishi belgilangan.

Bundan tashqari, budjet mablag‘laridan foydalanishda maqsadlilik va samaradorlikni oshirish, budjet intizomini mustahkamlash maqsadida ayrim mablag‘larni maqbullashtirish va ularni qo‘shimcha xarajatlarga yo‘naltirish choralari ham ko‘zda tutildi.