Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lum qilishicha, 18 dekabr kuni soat 19:30 larda Shayxontohur tumanidagi Abdulla Qodiriy ko‘chasida Spark, Cobalt, Labo va Tracker-2 rusumli transport vositalari o‘zaro to‘qnashgan.
Qayd etilishicha, YTH natijasida fuqarolarga tan jarohati yetmagan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, bunday vaziyatlarda haydovchilardan harakat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, masofani saqlash hamda tezlikni yo‘l va ob-havo sharoitiga moslashtirish so‘raladi.










