Navoiy viloyatining Karmana tumanida bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Baxtsiz hodisa 18 dekabr kuni tumanning Sardoba mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan. Oqibatda 30 yoshli S.Ya. hamda uning 4 yoshli o‘g‘li S.A. vafot etgan.

Shuningdek, marhumning turmush o‘rtog‘i va kichik farzandi Karmana tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

Karmana tumani hokimligi matbuot xizmati holatni Kun.uz’ga tasdiqladi. Ma’lum qilinishicha, baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish yuzasidan maxsus komissiya tuzilgan.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonda uch kishi is gazidan vafot etgandi