Pomidorga qizil rang beruvchi likopin pigmenti yurak-qontomir tizimiga sezilarli darajada foydali ta’sir ko‘rsatadi. Food & Function (F&F) jurnalida chop etilgan tadqiqot mualliflari ana shunday xulosaga kelishdi.
Ularning bildirishicha, muntazam ravishda pomidor iste’mol qilish qon bosimini pasaytiradi.
Tadqiqotchilarning qayd etishicha, likopinning foydali dozasi kuniga 5–30 mg likopinni tashkil etadi - bu ikki dona pomidorga teng.
Pomidor dori o‘rnini bosmaydi, lekin qon bosimini pasaytirishda hissa qo‘shishi mumkin, deydi tadqiqotchilar.











