O‘zgidromet 13–16 dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ogohlantirish:
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumani uchun amal qiladi.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.










