O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan ayrim turdagi tovarlarni respublika hududidan boj to‘lamasdan olib chiqish quyidagi miqdorlarda amalga oshirilishi mumkin:
- guruch – 3 kilogrammgacha;
- non-bulka mahsulotlari – 5 kilogrammgacha;
- go‘sht va go‘sht oziq-ovqat mahsulotlari – 2 kilogrammgacha;
- shakar – 2 kilogrammgacha;
- o‘simlik yog‘i – 2 kilogrammgacha;
- yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz ekinlari, dukkakli o‘simliklar hamda quritilgan sabzavot va mevalar – 40 kilogrammgacha.
Ma’lumot uchun, ko‘rsatilgan me’yorlardan ortiq miqdorda tovarlar olib chiqish bojxona qonunchiligiga muvofiq tartibda rasmiylashtirilishi lozim.











