Joriy yilning 26 noyabridan 2 dekabrigacha o‘tkazilgan tekshiruvlar doirasida 90 ta AYoQShdan 191 ta namuna olindi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 23 ta holatda jami 306 430 litr neft mahsulotlari davlat standartlari talablariga javob bermasligi, ya’ni sifatsizligi aniqlandi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil boshidan buyon neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida 632 ta obekt o‘rganilgan, shulardan 210 ta obektda 8 576 466 litr sifatsiz neft mahsulotlari aniqlanib, ularning sotuvga chiqarilishi oldi olingan.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha mahsulot sifati tiklanishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, ularning bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.
Texnik reglament talablariga javob bermaydigan va me’yoridan ortiq zaharli moddalar chiqishiga sabab bo‘ladigan yonilg‘i-moylash materiallarini realizatsiya qilish uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik mavjud.











