“Dunyo” muxbiri xabar berishicha, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Finlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi (rezidensiyasi Helsinki shahrida joylashgan) Ilkka Ryaysyanen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida o‘zaro qiziqish uyg‘otuvchi sohalardagi o‘zbek–fin munosabatlarining joriy holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Finlandiya elchisi o‘z diplomatik missiyasini amalga oshirish davomida ko‘rsatilgan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ko‘mak uchun o‘zbek tomoniga minnatdorlik izhor etdi.
Ilkka Ryaysyanen 2022 yildan buyon Finlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.











