Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab:

  • soliqlar haqidagi huquqiy bilimni oshirish va soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni targ‘ib qiluvchi axborotlar ijtimoiy axborot hisoblanadi va ular belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida bepul joylashtiriladi;
  • har chorakda aholi, tadbirkorlik sub’yektlari va jamoatchilik vakillarining soliq organlari faoliyati yuzasidan fikrlarini o‘rganib borish hamda natijalarini OAV orqali e’lon qilish tizimi joriy etiladi.

Ma’lumot uchun, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga asosan, ommaviy axborot vositalari reklama uchun ajratilgan efir vaqti, nashr yoki reklama maydoni umumiy oylik hajmining 5 foizidan kam bo‘lmagan hajmda ijtimoiy axborotni joylashtirishi shart. Bunda davlat organlarining buyurtmasi bo‘lgan ijtimoiy axborotlar bepul joylashtiriladi.