Fleshka USB 3.2 Gen 1 texnologiyasida ishlaydi va 400 MB/sekundgacha tezlik bilan fayllarni o‘qiy oladi. U Windows, macOS va iPadOS tizimlariga mos.

SanDisk’ning Memory Zone dasturi yordamida foydalanuvchilar fayllarni boshqarish, zaxira yaratish va xotirani bo‘shatishlari mumkin.

Fleshka 64 GB dan 1 TB gacha bo‘lgan sig‘imlarda sotiladi, 1 TB versiyasi esa 120 dollar turadi.

Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun KUN.UZ Texnologiya nomli Telegram va techno.kun.uz Instagram sahifasini kuzatib boring.