Farmon prokuratura organlari faoliyatida ochiqlik, samaradorlik va javobgarlikni oshirishni maqsad qiladi. Asosiy yo‘nalishlar quyidagicha:
- 2030 yilgacha avtomatlashtirish: prokuratura organlari faoliyatining barcha yo‘nalishlari ilg‘or xalqaro tajriba asosida raqamlashtiriladi;
- elektron tergov va nazorat: tergov harakatlari hamda prokuror nazorati to‘liq elektron formatga o‘tkaziladi;
- Raqamli prokuror AT-kompleksi: yagona platforma orqali ma’lumot almashish, tahlil va qaror qabul qilish tezkorligi oshiriladi;
- masofaviy qonuniylik nazorati: davlat organlari qabul qilayotgan hujjatlarning Konstitutsiya va qonunlarga muvofiqligi elektron tarzda, real vaqtda monitoring qilinadi;
- tekshiruvlarni raqamlashtirish: nazorat qiluvchi organlar tadbirlarida qonunlarga rioya etilishini kuzatish uchun Tekshiruvlarning yagona elektron reyestri'ning sinov versiyasi ishlanadi, 2026 yil 1 dekabrdan to‘liq versiyasi ishga tushiriladi.
Kutilayotgan natijaga ko‘ra, yangi tizim huquqbuzarliklarni ilk bosqichda aniqlash, inson omili ta’sirini kamaytirish, ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirish va jamoatchilik uchun shaffoflikni kuchaytirishga xizmat qiladi.











