XT5 Pro’ning asosiy akkumulyatori 597 Vt·s bo‘lib, u 75 km gacha masofaga yetadi. Agar qo‘shimcha 468 Vt·s batareya o‘rnatilsa, umumiy masofa 130 km gacha oshadi. Shu bilan birga, tezkor zaryadlash tizimi batareyani atigi 1,5 soatda to‘liq to‘ldiradi.
Samokat karbon-stal ramada yaratilgan bo‘lib, unda 2200 Vt quvvatli motor va 12 dyuymli off-roud shinalar bor. U soatiga 50 km tezlikka yetishi va 32% ga teng qiyalikni oson zabt etishi mumkin. Yuk ko‘tarish chegarasi — 150 kg.
XT5 Pro’da ABS tizimli disk tormozlar, tyaga nazorati va SmartKey funksiyasi mavjud — ya’ni samokat sizning yaqinligingizni aniqlab, avtomatik ravishda bloklanadi yoki ochiladi. Shuningdek, unda 9 Vt yorug‘lik chirog‘i, orqa stop-signal va burilish ko‘rsatkichlari bor.
Narxi taxminan $1500 atrofida. Navee XT5 Pro hozirdan rasmiy saytda sotuvda, yaqin kunlarda esa do‘konlarda ham paydo bo‘ladi.











