Xabar qilinishicha, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan ona va uning uch nafar voyaga yetmagan farzandi O‘zbekistonga qaytarildi.
Ayol avvalroq xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan, uning farzandlari esa Novosibirskdagi ijtimoiy muassasalardan birida Bosh konsullikning qat’iy nazorati ostida bo‘lgan.
Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi vakillarining tezkor harakatlari natijasida ikki kun ichida oilani O‘zbekistonga qaytishi bilan bog‘liq barcha tashkiliy va hujjatli masalalar hal etilgan. Shuningdek, aviachiptalar xarid qilinib, oila aeroportgacha kuzatib qo‘yilgan.
Voyaga yetmagan bolalar mehribonlik uyidan Novosibirsk xalqaro aeroportiga olib kelingan va u yerda onasi bilan uchrashgan.
Ular Novosibirsk-Toshkent aviareysida O‘zbekistonga jo‘nab ketgan.











