Yopinchiq ichida teng isituvchi maxsus tizim o‘rnatilgan. U misdan yasalgan yengil elementlar orqali ishlaydi va yopinchiqning butun qismida bir xil issiqlik beradi. Shu sababli u ham xavfsiz, ham juda qulay.

Qurilma qizib ketish yoki qisqa tutashuvdan himoyalangan, bolalar uchun xavfsiz rejim ham mavjud. Isitish darajasini pult, XiaoAi ovozli yordamchisi yoki Mijia Home ilovasi orqali boshqarish mumkin.

Mahsulot hozircha Xiaomi Youpin platformasida sotuvga chiqarilgan, uning narxi va xalqaro bozorda chiqish sanasi haqida hali rasmiy ma’lumot berilmagan.