28 oktabr kuni Toshkentdagi Ko‘ksaroy qarorgohida Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va rafiqasining tashrifi doirasida rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva bilan Serbiya Birinchi xonimi Tamara Vuchich uchrashdi. Norasmiy muloqot chog‘ida xalqlar o‘rtasidagi aloqalar, gumanitar va madaniy hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi kelishuvlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirildi.

Shundan so‘ng, Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich madaniy dasturda qatnashdi. Oliy martabali mehmonga O‘zbekiston xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi va an’anaviy marosimlari namoyish etildi.

Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tib, hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilish qat’iy ekanini tasdiqladi.