Bugun, 18 oktyabr kuni soat 07:10 da A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatlangan Volkswagen rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan.
Oqibatda u yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketganligi va amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida «Qamchiq» maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, bir guruh qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borib, maxsus-texnika va asbob-anjomlar yordamida haydovchi va avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.











