Loyiha jamiyatda qiz bolalarning huquqlari, imkoniyatlari va ularning hayotida otalarning beqiyos o‘rni haqida ijobiy fikrlarni shakllantirishni maqsad qilgan. Unda qizlarning salohiyati va ishonchini cheklaydigan stereotiplarni buzish, qiz bolalarning hayotdagi imkoniyatlarini kengaytirish hamda otalarni qizlar tarbiyasida faol ishtirokchiga aylantirish maqsad qilingan.

Loyiha orqali jamiyatda gender tenglik, qizlar huquqlarini himoya qilish va otalik madaniyatini mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo‘yilgan.

Shu bilan birga:

  • qizlarning ta’lim va kasb tanlash imkoniyatlarini kengaytirish,
  • jamiyatda otalarning faol ishtirokini rag‘batlantirish,
  • qizlarni ilhomlantiradigan ijtimoiy kontent yaratish rejalashtirilgan.

Shuning uchun loyiha nafaqat qizlar haqida, balki otalarning hissi va mas’uliyati haqida ham. Bu bilan qizlar huquqlari haqida jamoatchilik xabardorligi orttirish, otalar qizlar tarbiyasida faolroq ishtirok etishini ta’minlash, qizlarga nisbatan salbiy stereotiplarni kamaytirish mumkin.

«Qizimga» media loyihasi 2025 yil 11 oktyabrdan boshlab, yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.