Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, shu tariqa, joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonga 8,6 milliondan ortiq xorijiy turist tashrif buyurdi, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga ko‘pdir.
Ushbu ko‘rsatkich davlatlar kesimida – 2025 yilda postpandemik 2022 yilga nisbatan turistlar oqimining o‘sishi Britaniyadan 2,6 baravar, Qatardan 6,2 baravar, AQShdan 3 baravar, Fransiyadan 2,9 baravar, Rossiyadan 2,1 baravar, Vengriyadan 3,3 baravar, Germaniyadan 2,5 baravar, Polshadan 6,2 baravarga yetdi.
Shuningdek, 2025 yilda turistik xizmatlar eksporti ham rekord darajaga — 3,6 milliard AQSh dollaridan oshdi.
Yetakchi jahon media platformalari bilan faol hamkorlik, xorijda keng ko‘lamli roud-shoular, xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish va chet el ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar O‘zbekiston brendini global miqyosda sezilarli darajada mustahkamladi.











