Yangi hujjat:
- jabrlanganlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va psixologik xizmatlar tartibini belgilaydi;
- xizmatlarning sifati, davriyligi va tarkibi bo‘yicha aniq talablarni o‘rnatadi;
- jabrlanganlarni himoya qilish, xavfsizlik, teng imkoniyat va maxfiylik tamoyillariga asoslanadi.
Reabilitatsiya markazlari yordami:
- vaqtincha boshpana;
- tibbiy va psixologik yordam;
- huquqiy ko‘mak va hujjatlarni tiklash;
- ishga joylashish, ta’lim olishda yordam;
- kasbga o‘rgatish xizmati;
- bolalar uchun ta’lim va parvarish imkoniyatlari.
Har bir jabrlangan ayol va bola o‘zini xavfsiz, himoyalangan va qo‘llab-quvvatlangan his etishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.











